o‘xshat
bilan ulashing
1. Oʻxshamoq feʼlining orttirma nisbati.
-
Ukasiga oʻxshatdim. Oshni juda oʻxshatibdi.
-
Lekin juda mugʻambir, moʻltoni odamga oʻxshataman. H. Shams, Dushman
2. Biror kimsa yoki narsaga qiyos qilmoq, shunga oʻxshash, xuddi oʻzi deb bilmoq.
-
Hammani oʻzingga oʻxshatasan-a! P. Qodirov, Qora koʻzlar
-
Uning kulishi, yurishini Rustam allakimga oʻxshatdi. Mushtum
3. Qoyilmaqom qilmoq; boplamoq.
-
Yoshiga monand va ozoda kiyim kiyadi, sochini oʻxshatib taraydi M. Joʻra, Iztirob
-
Bu yetmagandek, oʻxshatib haqorat qildi. Shuhrat, Jannat qidirganlar
-
Azim uning kindigiga oʻxshatib tepdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
4. -(i)b qoʻshimchali ravishdosh (— oʻxshatib) koʻm. vzf. Qiyos, oʻxshatish munosabatini bildiradi; kabi, singari.
-
Endi men sizlarni goʻdak bolalarga oʻxshatib, aldab ovqat yediramanmi?! Mirmuhsin, Meʼmor
-
Yigit chakmonning ikki yengini xurjunga oʻxshatib, yelkasiga tashladi-da, orqaga qaytdi. P. Qodirov, Qora koʻzlar
5. oʻtgan zamon birlik shaklida (— oʻxshatdim) Askiyaning bir janri, yoʻli.
-
Askiyaning bir qator janrlari mavjud: qofiya oʻxshatdim, boʻlasizmi UTA
O‘XSHAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЎХШАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
o‘xshat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar