ola
bilan ulashing
1. Oq-qora, oq-malla va shu kabilar qorishiq tusli (hayvonlar tusi haqida).
-
Ola ot. Ola hoʻkiz. Ola tovuq somon sochar, oʻz aybini oʻzi ochar. Maqol
-
Bu pulga manman degan galanskiy [golland] ola sigir olishingiz mumkin. N. Aminov, Qahqaha
2. Turli xil rangli, yoʻlli yoki gulli; chipor.
-
Ola (yoʻlli) beqasam. Ilon chaqqan ola arqondan qoʻrqar. Maqol
-
Xonaning toʻridagi poʻstak ustida oppoq soqoli koʻksiga tushgan, katta sallali, ola choponli domla oʻtirardi. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. koʻchma Kelishmovchilik, nifoq, nizo.
-
Oltovlon ola boʻlsa, ogʻizdagini oldirar. Maqol
-
Ovul iti ola boʻlsa, boʻri kelsa birikar. Maqol.
-
[Tojiboy:] — Yoʻq, mening fuqarom ichida olasi yoʻq, — dedi. P. Tursun, Oʻqituvchi
4. koʻchma Tugal emas, hakkam-dukkam, bir tekis unib chiqmagan; chala.
-
Chigit sifatsiz ekilib, koʻchat ola chiqsa, kimga foyda-yu, kimga zarar? M. Nazarov, Jilvon jilvalari
ola soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oq ola
Qora ola
Olachiqdi
-
Oq poshshoning askarlari oʻrtasidan ola chiqib, Urishmaymiz, urishsa poshsho bilan vazirlar urisha bersin, deb turgan emish. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
Ola koʻz, olakoʻz
-
Elmurod atrofiga qaragan edi olakoʻz zavxoz ham sahna oldida tomosha qilib turganini koʻrdi-yu, oʻzining bor-yoʻqligini unutdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
Ola qaramoq
-
Dehqonovga va unga tanbeh berdim. Endi ikkovi ham menga ola qarab yuribdi. S. Nurov, Narvon;
-
— Siz yaxshi koʻrgan bir qizga birov ola qarasa, siz nima qilardingiz? — dedi. N. Safarov, Uygʻonish;
-
Ultonni hech kim bek qilgani yoʻq, u oʻzi oʻzini bek qilib, Qoʻngʻirotga ola qaradi. Yodgor
Oq uy, ola bargak
OLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ola so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar