oltin
bilan ulashing
1. Mendeleyev davriy sistemasining I guruhiga mansub kimyoviy element; sariq-qizgʻish tusli qimmatbaho nodir metall; zar: tilla.
-
Sof oltin. Oltin soat. Yoʻqolgan pichoqning sopi oltin. Maqol
-
Direktor oʻsha terilar uchun koʻrgazmaning oltin medalini oldi. S. Ahmad, Yulduz
-
Xomtok qilingan ishkomda husayni uzumlar oltindek tovlanmoqda. I. Rahim, Ixlos
2. koʻchma Har qanday qimmatbaho yoki aziz narsa haqida.
-
Yer —xazina, suv — oltin. Maqol
-
Doʻst-yorlar ahil boʻlsa, Choʻlda oltin undirar. Maqol
-
Qoʻshiq aytib kelaman qir yoqalab. Gulchechaklar teraman Sir yoqalab. Ter toʻkib yetishtirgan oltinimiz Turadi chanogʻida bizga qarab. Folklor
3. Shu metalldan zarb qilingan pul.
-
Homid yonchigʻini chiqarib, bir qoʻlidan ikkinchi qoʻliga oltinlarni sanab tushira berdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Bunchalik dabdaba, albatta, xazinadagi oltinlar kuchi bilan boʻlgandir, deb baʼzilarning koʻngliga kelar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
4. sft. koʻchma Qimmatli, bebaho (fikr, gap, soʻz, ish, vaqt va shu kabilar haqida).
-
Oltin yoshlik. Yosh chogʻim — oltin chogʻim. Maqol
-
Kam boʻlmang, raisim, oltin soʻzlarni aytdingiz. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Amuning boʻyida kezardim tanho. Shu oltin damlarni sezardim tanho. Gʻayratiy
oltin soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oltin suvi
-
Oltin suvi yugurtirilgan soat.
Oltin bosh
-
Nihoyat, Qoratoy Yoʻlchining yelkasini doʻstona qoqib dedi: — Rosa boshing bor, inim Yoʻlchi, oltin boshing bor. Gaplaring bari haq. Oybek, Tanlangan asarlar
Oltin vodiy
Oltin kuz
-
Bahor boʻyi, yoz boʻyi zarrama-zarra yiqqan bunyodini buyuk saxovat bilan dehqon etagiga solayotgan mana shu oltin kuzda uning yuragi qafasdan chiqqan qush yuragiday yayray boshladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Oltin odam
Oq oltin
Qora oltin
Qoʻli oltin
-
Sizlarni koʻrganimda Oltin qoʻl albatta tushar esimga. X. Saloh.
OLTIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОЛТИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
oltin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar