operatsiya
bilan ulashing
1. Baʼzi kasalliklarni davolash maqsadida kasallangan joyni jarrohlik yoʻli bilan yorish, kesish, tikish.
-
Koʻz operatsiyasi. Operatsiya stoli.
-
U vrachlarning taklifini kutmay, operatsiya xonasi yoniga oʻzi chiqib turdi. T. Ashurov, Oq ot
2. Biror maqsadni koʻzlab yoki biror operativ yoki strategik vazifani bajarish uchun yagona reja boʻyicha va kelishilgan vaqtda olib boriladigan jang harakatlari majmui.
-
Jangovar operatsiya. Operatsiya kartasi.
-
Mayor Maqsud Soliyev yarim tunda operatsiyani yakunlab, uch oydan beri izma-iz quvib kelayotgan jinoyatchini qoʻlga olgach, uyga qaytgan edi. Yoshlik
-
Har kun aktiv operatsiyalar olib borildi: Varshava yoʻllariga pistirmalar qoʻyildi, minalar koʻmildi. I. Rahim, Chin muhabbat
3. Savdo, moliya, pochta, sanoat, kompyuter, sugʻurta va boshqalar bilan bogʻliq vazifalarni bajarishga qaratilgan faoliyat yoki xatti-harakat.
-
Bank operatsiyalari.
-
Bugungi kunda 6 ming kichik va xususiy kor-xona hisob-kitob raqamida hech qanday operatsiya amalga oshirilmagan. Gazetadan
4. Texnologik jarayonning bir ish joyida bajariladigan alohida bir qismi.
-
Detalga sayqal berish operatsiyasi. Bitta transformator ishlab chiqarish uchun qanchadan-qancha operatsiya bajariladi.
OPERATSIYA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОПЕРАЦИЯ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
operatsiya so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan OPERATSIYA so‘ziga berilgan ma’nolar
operatsiya so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar