orqa
bilan ulashing
1. Gavdaning qoringa nisbatan ters tomoni, boʻyindan dumgʻazagacha boʻlgan qismi.
-
Qoʻlni orqasiga qilib yurmoq.
-
Mingboshi yerda gʻujanak boʻlib yotgan Matqovulning orqasiga qamchini shilp etkizib tushirdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Saidiy eshikka orqasini berib oʻtirar edi. A. Qahhor, Sarob
2. Narsalarning ters yoqdagi qismi, yuz, bet, old tomoniga teskari tomoni, teskarisi.
-
Suratning orqasi. Teshaning orqasi.
-
Samandarov chiroqning piligini koʻtardi, qalamning orqasi bilan stolni qoqib, gʻovurni bosdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Chinnigul darvoza tagiga yetganda, orqasiga qayrilib qaradi-yu, ichkariga kirib ketdi. S. Zunnunova, Koʻk chiroq
-
Ona shu soʻzlarni aytib, oʻtirgan yeridan kaftlarining orqasini yerga tirab, turdi. Shuhrat, Shinelli yillar
3. Narsa yoki kimsaning yuz, bet, old tomoniga qarshi tomon; ort.
-
Orqaga qaramoq. Uyning orqa devori.
-
Shu onda orqasidan gurullab avtomobil kelib qoldi. A. Qahhor, Karavot
-
Yoʻldosh orqadan asta kelib, El-murodning koʻzini ikki qoʻli bilan bekitdi. Shuhrat, Shinelli yillar
4. Ortda, keyinda joylashgan.
-
Velosipedning orqa gʻildiragi. Til orqa tovushlari (grammatika).
5. Ortda qolgan, oʻtilgan yoʻl; shaxs yoki predmet chiqib kelgan tomon; harakat yoʻnalgan tomonning aksi.
-
[Otabek] Eshik zanjiriga qoʻlini olib borgani holda oʻylanib toʻxtadi va eshikni ochmay, orqasiga qaytdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Olgʻa bosish, har holda, orqaga qaytishdan xatarli emas. A. Qahhor, Maston
6. koʻchma Homiy, suyanchiq, tirak.
-
Togʻdan orqasi boʻlganning toshdan yuragi boʻlar. Maqol
7. 3-shaxs egalik va joʻnalish, oʻrin-payt va chiqish kelishiklari qoʻshimchalari bilan koʻmakchi vazifasida ishlatiladi (orqasida, orqasidan).
8. yoki (Birovning) orqasidan kesak (tosh) otmoq
9. 1) ikkinchi qaytib kelmasligini tilab laʼnatlamoq;
10. 2) kimsaning orqasidan uni yomonlab gʻiybat qilmoq.
orqa soʻzi qatnashgan jumlalar:
Orqada qolmoq
-
Shalola qurilishi hozir eng orqada qoldi. S. Ahmad, Ufq
Orqa qilmoq
-
Seni orqa qilib, bunda yuraman, Ort-sirtingdan koʻp himoyat qilaman. Alpomish
Orqaga ketmoq
-
[Otabek:] Bizning kundan-kunga orqaga ketishimizga oʻzaro nizoyimiz sabab boʻlmoqda. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar. Orqaga surmoq (yoki
-
Buning har ikkisi ham kolxozlashtirish ishini orqaga surishi, hiylagina orqaga surishi mumkin edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Orqasidan gapirmoq
-
Doʻst oldingda gapirar, Dushman — orqangdan. Maqol
Orqasidan kulmoq
-
[Gulnor:] Oyi, siz sezasizmi, boynikida orqamdan kulishadi, gapirishadi, piching, kesatiq-mesatiq. Oybek, Tanlangan asarlar
Orqasidan quvmoq
Ogʻirlikni orqaga tashlamoq
-
[Gulandom:] Ukalarimni, dadamni sevganimdan har qanday ogʻirlikni orqaga tashladim. Oybek, Tanlangan asarlar
Front orqasi harb
Yuragi orqasiga tortib ketdi
-
Shunday deyishga dedi-yu, otaning qahrli nigohini koʻrib, yuragi orqasiga tortdi. Yoshlik
ORQA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОРҚА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
orqa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar