oshir
bilan ulashing
1. Oshmoq 1-7, 9-10 feʼllarining orttirma nisbati.
-
Oylikni oshirmoq. Tovuqlar sonini oshirmoq. Hosilni oshirmoq.
-
Daryo suvini bahor toshirar, odam qadrini mehnat oshirar. Maqol
-
Knyaz suv pulini uch baravar oshirib yuboribdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Odamlarning ruhini koʻtarish, hosil-dorlikni oshirish kerak. T. Ashurov, Oq ot
-
Mavjud korxonalarning ishlab chiqarish quvvatini oshirish bilan yangi obyektlar ham barpo etildi. Fan va turmush
2. so‘zlashuv tili Birovga berib, oʻtkazib yubormoq; pullamoq, sotmoq. Jinoyat ishini koptoksimon tergovdan tergovga, suddan sudga oshiraverdi Gazetadan.
-
Agar., qutichani biror yerga oshirgan boʻlsang, hali ham yaxshilikcha oʻrniga qaytar, — dedi Hoji bobo Shum bolaga. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
-
[Marasul:] Xumorxon shunaqa narsalarga oʻch, oʻshanga oshiramiz. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
3. Boʻrttirmoq, mubolagʻa qilmoq.
-
Maqtovini oshirmoq.
-
— Yoʻq, siz juda oshirib yubordingiz, Sayfullaxoʻja, — dedi boshini chayqab, — sizlarnikida kuniga uch-toʻrt mahal emas, bir mahalgina issiq ovqat yer edim. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Sidorov oshirib yuborganini tushundi. E. Samandar, Daryosini yoʻqotgan qirgʻoq
4. Maʼlum chegara yoki balandlikdan oʻtkazmoq.
-
Bu safar Habibullo polvon Kullalik polvonni yelkasi uzra oshirib, otib tashladi. T. Ashurov, Oq ot
-
Toʻrt-besh metr balandga yetganda, inqillab, qanordagi tuproqning yarmini yelkasidan oshirib toʻkadi-da, qolganini doʻngga opchiqib ketadi. S. Ahmad, Ufq
oshir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boshidan (yoki oʻzidan, yelkasidan) oshirmoq
Oshirmay-toshirmay
-
Kunlar oʻtaverdi. Umid aslo pinagini buzmadi. Komissiyaga bor haqiqat gapni oshirmay-toshirmay aytdi. Mirmuhsin, Umid
Amalga oshirmoq
-
Oʻylagan rejasini amalga oshirmoq.
OSHIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОШИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
oshir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar