oshna
bilan ulashing
1. Tanish, tanish-bilish.
-
Bir koʻrgan oshna, Ikki koʻrgan qarindosh. Maqol
-
Norboʻtaning qizi doktorlikka oʻqiydi, mingta oshnasi bor desang-chi! A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin
2. Oʻrtoq, doʻst.
-
Pul oshnasi oshna boʻlmas, poʻkakdan poshna boʻlmas. Maqol
-
Oʻrmon-jonning otasi Omon aka Sidiqjonning otasi Sohibjon aka bilan juda qalin oʻrtoq edi; ikki oshna oʻlib ketgandan keyin, Yormonjon bilan Sidiqjon chinakam aka-ukaday boʻlib qolishgan edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Ahmad Husayn Iskandarov oldiga borib kelib, qalin oshna boʻldi. Oybek, Nur qidirib
3. Oʻz tengqurlariga nisbatan murojaat shakli.
4. Ilgaridan maʼlum, tanish.
-
Oʻsh togʻlari, qoʻrqinch jarlari, jilgʻalari, adirlari — barchasi bizga koʻpdan oshna. Mirtemir, Asarlar
-
Safargaldiga bu qumlar chaqaloq vaqtidan oshna. Qoraqumda uning kindik qoni toʻkilgan. J. Sharipov, Xorazm
5. Xabardor; biladigan.
-
Anvar yaxshigina forsixon va bir daraja arab tiliga oshna edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Meningcha, mashinaning illati toʻgʻrisida gapirib yuruvchilar texnikaga oshna boʻlmagan kishilar boʻlsa kerak. M. Joʻra, Quyoshdan nur emganlar
oshna soʻzi qatnashgan jumlalar:
Moxovga oshna qilmoq
-
Yaxshiboyevning birinchi bor soʻkishi emas, lof boʻlsayam, biror ming bora moxovga oshna qilib soʻkkandir? M. M. Doʻst, Lolazor.
OSHNA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОШНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
oshna so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar