ozay
bilan ulashing
1. Miqdor, hajm jihatidan kamaymoq, kamib qolmoq.
-
Bogʻda mevalar ozaygan vaqti. Ariqning suvi ozaydi.
-
Suvi ozayib qolgan samovarning jigʻillashi, choy uchun qayta dasturxon yozayotgan Ruzvonning gilam ustidagi ship-ship yurishigina jimlikni buzar edi. S. Zunnunova, Olov
-
Ketib-ketib ozayib qolgan kishilar gurullab, ichkari kiradi. P. Qodirov, Uch ildiz
2. Kam uchraydigan boʻlib qolmoq; kamaymoq.
-
Shundan beri fikri sal oʻzgardi chogʻi, garchi avvalgiday devonayi Mashrab deyishini qoʻymasa ham, kamsitishlari ozaydi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
3. Pasaymoq, tushmoq.
-
Kechga yaqin Gulnorning ruhi ancha yengillashdi, issigʻi ozaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
OZAY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОЗАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ozay so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar