oz
bilan ulashing
Eti qochib, ozgʻin tortmoq; ozgʻinlanmoq, oriqlamoq.
-
Bir terining ichida qoʻy necha bor semirib, necha bor ozar. Maqol
-
Ozgan ot argʻumoq boʻlmas. Maqol
-
Umidning yoqasi titilib ketgan oʻsha eski kostyumi-yu, shimining tagi yirtilib, yamoq tushganiga, ozib, chakkalari turtib chiqqaniga qarab, hayron boʻlgan boʻlsa kerak. Mirmuhsin, Umid
-
Bu orada u ozib, shundogʻam soʻlgʻin yuzlari battar zaʼfaron boʻlib ketdi. S. Ahmad, Ufq
Toʻgʻri yoʻldan toymoq, adashmoq.
-
Kengash qilgan el ozmas, keng bichilgan toʻn toʻzmas. Maqol
-
Egri — ozadi, toʻgʻri — oʻzadi. Maqol
-
Islovotxonalari taraqqiy topgan mamlakatlarda adashgan qizlar, ozgan juvonlar koʻpincha Fuod afandi tutgan yoʻllar bilan qoʻlga tushirilar edi M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
oz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Aqldan (yoki esdan) ozmoq
-
Shirmonxon qimir etmay oʻtirar, uning ifodasiz koʻzlariga qarab Mahmud, aqldan ozib qolmadimi, deb qoʻrqib ketdi. S. Zunnunova, Olov
-
Yana qaytib oldinga oʻgirilganimda, yonimdagi ayolning yoʻqligini koʻrib, aqldan ozayozdim va telbalardek gandiraklab, hovli yuzida u yoqdan bu yoqqa yugurgancha, uni izlay boshladim. Yoshlik
Yoʻldan ozmoq
-
Men bola-chaqali odam, yanglishib, yoʻldan ozib, sizga uylangan ekanman, nikohimdan chiqdingiz, meni kutmang. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Jar chaqirilib, Xudo yoʻlidan ozgan osiy Avazga yuz darra buyurdilar. Avaz suratkashnikidan jilmay, jon hovuchlab yotaverdi. S. Siyoyev, Avaz
Koʻngli (yoki yuragi) ozmoq
-
Yuragim ozib ketdi.
-
Otamurod oʻzini qoʻlga olmoqchi, yana olgʻa intilmoqchi boʻlardi, lekin borgan sari koʻngli ozib, koʻzi tinib ketardi. M. Mansurov, Yombi
OZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
oz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar