farishta
bilan ulashing
1. Islomda va boshqalar baʼzi dinlarda xudoning amrini bajaruvchi gʻayritabiiy mavjudot; malak (farishtalar son-sanoqsiz boʻlib, har biri maʼlum vazifani bajaradi).
-
Baʼzi rivoyatlarga qaraganda, farishtalar jannatdagi kavsar suvidan qumgʻonlarimizga quyib ketar emish. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
-
Farishta, maloyiklar — nurdan, siz bilan biz loydan yaratilgan. Malikayi ayyor
2. Koʻchma Yaxshi xulq-atvorga ega boʻlgan va goʻzal (koʻpincha ayollar haqida).
-
Bu xotin toʻgʻrisida mulla Norqoʻzi shunday fikrda: agar farishta ilgari oʻtgan boʻlsa — shuning onasi, endi tugʻilsa — shuning bolasi boʻladi, agar hozir yer yuzida boʻlsa — shu xotinning oʻzi. A. Qahhor, Asarlar
-
Vo ajabo! Bu kim boʻldi? Choʻrimi yoki bir ofatijon farishtami? Hamza, Boy ila xizmatchi
3. koʻchma Fayz, ziynat.
-
Ayolning sarishtasi — roʻzgʻorning farishtasi. Maqol
-
Ha, ota — koʻcha kishisi, ona uy farishtasi boʻlar ekan. L. Tojiyeva, Mehrim sizga, odamlar.
4. koʻchma Pokiza, musaffo; begunoh.
-
Ajoyib odamsan-da, doʻstim, ajoyibsan, farishtasan. Shukrullo, Saylanma
-
Shu kungacha Ravshan oʻzini halolman deb farishta sanab yurdi. Yoshlik
farishta soʻzi qatnashgan jumlalar:
Farishtasi bor
-
Eson Davlat begim suratni qoʻlga oldi va Navoiy tasviriga beixtiyor qiziqib: — Yuzlarida farishtalari bor zot ekanlar, — deb qoʻydi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
Farishtasi yoʻq
-
Farishtasi yoʻq uy.
-
Kuyovning yuzida farishtasi yoʻq, Hojarxon, farishtasi yoʻq. Koʻngilga xush kelmagan nikoh xudoga xush kelmaydi! A. Qahhor, Tobutdan tovush
-
Iblis ustozlaringning farishtasi yoʻq kitoblarini yondirib, kullarini koʻkka sovurdim. K. Yashin, Hamza
Farishtasi qochmoq
-
Lekin yolgʻizlik battar ezdi. Uydan farishta qochgan, tabassum oʻchgan edi. A. Muxtor, Asarlar
-
Besh vaqt namozni kanda qilma! Boʻlmasa, uyingdan farishtalar qochadi. Hamza, Boy ila xizmatchi
-
Supurilmagan hovlidan farishta qochadi. N. Aminov, Qahqaha
FARISHTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФАРИШТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
farishta so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar