faraz
bilan ulashing
Biror narsa yoki masala yuzasidan oldindan, taxminan chiqarilgan hukm, xulosa; taxmin, taxminiy mulohaza.
-
— Fan uchun tajriba va faraz, qiyos va tahlil juda zarur, — dedi professor. A. Rahmonov, Hurmat-ehtirom
-
Olim ilmiy farazlar oldida qul boʻlib qolmasligi kerak. J. Abdullaxonov, Oriyat
faraz soʻzi qatnashgan jumlalar:
Faraz qilmoq (yoki etmoq)
-
Yoʻlchi uning togʻasining qizi ekanini faraz qildi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ular qizni yigit deb faraz qilishibdi. Ertaklar
-
Elmurod bugungi mashqni takrorlash uchun pulemyotga yotar ekan, general shoshilmaslikni taʼkidladi: — Bizni bu yerda yoʻq, deb faraz qiling. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Faraz qiling, bu yerda yashar oshiq yigit — xayoli osmon. Yoshlik
FARAZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФАРАЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
faraz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar