farang
bilan ulashing
1. esk . 1 ayn. fransuz.
-
Farang tiliga ham usta deb eshitaman. K. Yashin, Hamza
-
Kim farangu, kim habash, Irq talash, imon talash. E. Vohidov, Muhabbatnoma
2. Yevropalik, Yevropadan kelgan.
-
U [Gʻulomjon] komitet aʼzolari bilan maslahatlashib, xuftondan keyin yonida toʻrtta farang yigit bilan usta Bahromnikiga keldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. s.t. Fransiyada, Yevropada tayyorlangan; Fransiyadan, Yevropadan keltirilgan.
-
— Kampirning dardi gʻoʻzada degandek, siz kosiblarning dardingiz mum, charm, farang ipda, — dedi kulib aka Navroʻz. M. Osim, Elchilar
-
Miltiq bossa, qistab chiqar farang oʻq, Uzingizdan har vaqt mening koʻnglim toʻq. Hasanxon
4. koʻchma Har bir ish qoʻlidan keladigan; mohir, usta.
-
Ustozi — garang, shogirdi — farang. Maqol
-
Ahliyamiz [xotinim] ham uchiga chiqqan chevar, xudoga shukur. Ojizamiz ham doʻppi tikishga farang boʻlib chiqdi. Choʻlpon, Kecha va kunduz
-
— Ha, Azizjon oʻzing ham farang jarroh boʻpsan-da, — deydi Komil aka. S. Azimov, Oppoq tong qoʻshigʻi
farang soʻzi qatnashgan jumlalar:
Farang miltiq (yoki toʻpponcha)
-
Yelkasida farang miltiq taqqan Haydar mergan qoʻlida burgut qoʻndirib bormoqda edi. M. Joʻraboyev, M. B. martabasi.
-
Kumush qubbalik qadalgan serbar kamarida Xudoyorxon tuhfa qilgan farang toʻpponcha osilib turardi. Mirmuhsin, Qahramonnoma
Farang roʻmol
-
Mayna boshiga tashlab olgan harir farang roʻmolining ikki uchini tutib, ochiq derazadan Habiba xonimni koʻrdi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
Ustasi farang
-
Sobirboy, mulla Jumaniyozni yaxshi bilaman, u ustasi farang yigitlardan, uni aldab boʻpti. J. Sharipov, Xorazm
-
Divizionda Sharipovni ustasi farang moʻljalchi, mergan toʻpchi deyishadi-ya. T. Rustamov, Mangu jasorat
-
U oyga chovut soladigan ustasi faranglardan. Mushtum
-
— Saidov, judayam ustasi farang boʻlibsan-a! — deb kulishdi Ibrohimga. T. Rustamov, Mangu jasorat
FARANG so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФАРАНГ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
farang so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan FARANG so‘ziga berilgan ma’nolar
farang so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar