faqir
bilan ulashing
1. Moddiy jihatdan nochor, kambagʻal, qashshoq; muhtoj.
-
Faqir odam. Amirning oshidan faqirning mushti yaxshi. Maqol
-
Birovning mol-dunyosi oshib-toshib yotsa-yu, faqirga koʻz olaytirsa, haqiqat bormi axir, ey falak! J. Sharipov, Xorazm
-
Javob ololmadi hech kim ham zotan: Na sulton, na gado, na shoh, na faqir. A. Oripov, Yillar armoni
2. esk . Birinchi shaxs oʻrnida yoki “men“, biz olmoshlari bilan birlikda ishlatilib, soʻzlovchining kamtarlik qilayotganini ifodalaydi.
-
Tabibiy entikdi: — Faqiringiz vijdonim buyurgan gapni aytdim. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Faqir u zotning suhbatlaridan bahramand boʻlgan paytlarimni eslasam, yuragim ezilur! P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Sizdek muhtaram zot taklif etadi-yu, bizdek faqir bosh tortadimi? S. Siyoyev, Avaz
3. koʻchma Nochor, bechora, chorasiz.
-
Kichik, xarob, faqir bir uy. Kampir va yosh bir xotin joʻxori tozalar edi. Oybek, Nur qidirib
-
Faqir yuragim orqamga tortib, peshonamni sovuq ter bosdi. Fan va turmush
faqir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bola faqir
-
— Bola faqirga qiyin boʻldi, — dedi Jonuzoq oqsoqol. — Issiq-sovugʻiga qaraydigani yoʻq. Yolgʻiz. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Bola faqirning qilgan mehnatiga hali bu hosilalar ham oz, taqsir! A. Qodiriy, Obid ketmon
FAQIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФАҚИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
faqir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar