faqirlik
bilan ulashing
1. Moddiy jihatdan ojizlik, qashshoqlik, kambagʻallik.
-
Faqirlikni boshdan kechirmoq.
-
Sodiqlar faqirlikda yashab, yil sayin menga oz-oz yerlaridan sotib, tirikchilik qilar edilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Mutribning hazilnamo baytida Avaz yoʻqchilik, faqirlik oilasini quritgan, ammo koʻngli qanoatga toʻla nekbin shoir qalbini koʻrgandek boʻldi. S. Siyoyev, Avaz
2. koʻchma Xokisorlik, kamtarlik.
-
Faqirlik yoʻlini ixtiyor qildim, Shamshodning yurtiga bormoqchi boʻldim. Bahrom va Gulandom
3. koʻchma Maʼnaviy qashshoqlik.
-
Kishida uch xil sifat bordirki, ular faqirlikdandir: Podshohkim, yaxshiligingga shukr qilmaydi, yomonligingni kechirmaydi. Qoʻshnikim, sendan yaxshilik koʻrsa — yashiradi, yomonlik koʻrsa — oshiradi Fan va turmush
FAQIRLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФАҚИРЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
FAQIRLIK so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan FAQIRLIK so‘ziga berilgan ma’nolar
faqirlik so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
faqirlik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar