Izoh.uz saytida o‘yin so‘zining izohi va ma’nolari

o‘yin

ot

1. Koʻngil ochish, dam olish, tarbiyalash maqsadida qilinadigan erkin harakat yoki mashgʻulot.

  1. Bolalar oʻyini.

  2. Koʻcha tutash balchiq boʻlganidan bolalarning oʻyini tugul, yurishiga ham imkon yoʻq edi. Oybek, Tanlangan asarlar

  3. keng maydonda shovqin-suronli qish oʻyinlari: baland tepadan sirpanishlar, dumalashlar, chenalarda uchishlar Oybek, Tanlangan asarlar

2. Boshqalar bilan musobaqa qilish uchun maʼlum qoidalar asosida oʻtkaziladigan mashgʻulot.

  1. Futbol oʻyini. Shaxmat oʻyini. Estafeta oʻyinida qizlar komandasi yutib chiqdi.

  2. Jon-dilim futbol emasmi, qizni ham unutib, butun xayolim oʻyinda boʻlib qoldi. Gazetadan

3. Oʻrtaga pul yoki narsa tikib oʻtkaziladigan mashgʻulot; qimor.

  1. Otam oʻyin qizigʻida yutqazishga yutqazib qoʻyib, keyin oʻzini urdi, peshonasini yordi, yigʻladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha

4. Ritmik harakatlar va mimikalar uygʻunligidan iborat sanʼat; raqs.

  1. Oyoq oʻyini. Shoʻx oʻyin. Kavkazcha oʻyin.

  2. Oʻyin ham bir turli nazokat kasb etib, Gulsunbibi yoʻrgʻalay ketdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

5. koʻchma Parvoz vaqtida shox urib (tash-lab) qilinadigan yengil, yoqimli harakat.

  1. Kabutar oʻyini.

6. s. t. Spektakl, konsert, sirk tomoshasi va shu kabilar

  1. Bular teatrning oldiga kelganlarida, oʻyin boshlanishiga uchinchi qoʻngʻiroq ham berilgan edi. Oydin, Fonar tagida

7. koʻchma Betartib, biroq oʻziga xos jozibali harakat (hayvon va narsalar haqi-da).

  1. Shabada oʻyini.

  2. Gʻazab bilan hayqirib boʻron, Balki qilar ming turli oʻyin. Gʻayratiy

  3. Baliqlarning bunday oʻyinini endi koʻrib turgani!\. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar

8. koʻchma Ermak tarzidagi harakat, qiliq va shu kabilar

  1. Achchiq oʻyin shirin turmushni buzar. Maqol

  2. Har holda, taqdirning bunchalik oʻyinlari turgan bir zamonda biz nima ham qila olar edik. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar

  3. U muhabbatni oʻyin deb hisoblaydi. S. Karomatov, Oltin qum

  4. Xat senga oʻyin boʻlib qoldimi?! H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar

9. s. t. Unchalik qiyin, mushkul boʻlmagan ish haqida.

  1. Qizniki — qiyin bilan, oʻgʻilniki oʻyin bilan bitar. Maqol

10. s. t. Suyuqoyoq, buzuq ayol haqida.

o‘yin soʻzi qatnashgan jumlalar:

Oʻyinga tushmoq

Biror raqsni ijro etmoq.
  1. Havaskor hofizlar qoʻshiq aytdi, shoʻx yigitlar oʻyinga tushdi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina.

Oʻyin qilmoq

Oʻyin, mazax tarzidagi harakat, qiliq qilmoq.
  1. — Voy yuragim, voy-voy, — deb atay yerga agʻnab, ogʻzidan oq koʻpik chiqara boshladi. Uning oʻyin qilayotganini Meʼmor sezib turardi. Mirmuhsin, Meʼmor


O‘YIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.

ЎЙИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.

Izohli lugʻat Savodxon loyihasi bilan hamkorlikda yaratildi. Savodxon dasturi matndagi imlo xatolarini aniqlash va tuzatishga imkon beradi.
Saytdagi o‘rni
1361
So‘zning teskari yozilishi
niy‘o
Harflar soni
5
Ko‘rishlar soni
74

o‘yin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring

Google Яндекс Bing

Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

o‘yin so‘zining ma’nosi va izohi bilan batafsil tanishib chiqamiz. O‘ylaymizki, endi siz Izoh.uz saytidan foydalanib, o‘yin so‘zini lotin va kirill alifbosida to‘g‘ri va o‘z o‘rnida ishlata olasiz.

Izoh.uz loyihasi haqida

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati 35 000 dan ortiq so‘zlarning ma’nolari ibora va misollar bilan keltirilgan.

Yillar davomida “O‘zbek tili kuni”ga bag‘ishlab, o‘zbek tilini o‘rganuvchilar, jurnalistlar, tarjimonlar, kopirayterlar, blogerlar va boshqalar uchun foydali loyihalarni ishga tushirishni an’anaga aylantirganmiz. Bizning jamoa Lotin.uz, Imlo.uz, Sinonim.uz, Sarlavha.com loyihalarini hukmingizga havola qilgan.

Batafsil Izoh.uz loyihasi haqida

Loyihalarimiz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

O‘zbek Ismlarning to‘liq, batafsil ma’nosi, kelib chiqishi, shakllari. O‘zingiz va yaqinlaringizni ismlari ma’nosini bilib oling.

Полный смысл, происхождение, формы узбекских имён. Узнайте смысл своего имени и имён близких.

ismlar.com

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Izoh.uz saytining bazasida jami 35 853 ta so‘z bor
© Izoh.uz — O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 2014–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi. 18+