park
bilan ulashing
1. ingl. [ park < lot. parricus — ihota qilingan, oʻrab olingan joy]
2. 1 Gulzor, daraxtzor va xiyobonlari boʻlgan, dam olish, koʻngil ochish uchun moslashtirilgan katta bogʻ.
-
Park oqshomda yasan-tusan odamlar, rang-barang chiroqlar, xilma-xil ajoyibotlar bilan toʻlib, juda katta koʻrinar ekan. P. Qodirov, Uch ildiz
3. Transport vositalari (tramvay, avtobus, taksi kabilar) turadigan va ularga texnik xizmat koʻrsatiladigan joy.
-
Trolleybus parki,
-
Elmurod Muharram bilan xayrlashib, Xadraga kelganda, tramvaylar parkka kirib ketmoqda edi. Shuhrat, Shinelli yillar
4. Xalq xoʻjaligi, sanoat tarmogʻi, kor-xona va shu kabilarga qarashli transport yoki ishlab chiqarish vositalari majmui.
-
Traktorlar va qishloq xoʻjalik mashinalari parki,
-
Otasi — traktor parki qorovuli. Ilgari durustgina mashina haydab yurgandi. Yoshlik
5. harb. Harbiy mashinalar va boshqalar texnika vositalari saqlanadigan, taʼmirlanadigan hudud; shuningdek, harbiy mol-mulk saqlanadigan statsionar (koʻchmas) yoki koʻchma ombor.
-
Artilleriya parki.
-
Parkda, poligonda va boʻlinmada ichki tartibni tashkil etish.
PARK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАРК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
park so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar