parishon
bilan ulashing
1. Har tomonga sochilgan, toʻzgʻigan, tartibsiz.
-
Kumushning koʻzi yumuq, sochlari yuzi ustida parishon holatda edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Yonimda Raʼno yotibdi. Sochlari parishon yoyilgan, gʻira-shira tong nurida oppoq yuzi yanayam tiniqroq koʻrinadi. Oʻ. Hoshimov, Ikki eshik orasi
2. koʻchma Bir yerga toʻplanmagan, boʻlingan, sochilgan, tarqoq (fikr-xayol, diqqat-eʼtibor haqida).
-
Vali aka oʻgʻlining gʻoʻzalar ichida parishon turganligini koʻrib, uni yoniga chaqirdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Ha, Shavkatbek, Eynshteynga oʻxshab parishonroq koʻrinasiz. S. Siyoyev, Yorugʻlik
parishon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xayoli parishon yoki parishon xayol
-
Ammo shoirning xayoli parishon, koʻngli alagʻda edi. M. Osim, Karvon yoʻllarida
-
Karvon Andijon muzofotini ortda qoldirib, Aravonga yetganda dam olishdi. Ahmadbek hoji Uchkoʻprikda ilk bor peshin namozini bezovtalanib, xayoli parishon ahvolda oʻqidi. Yoshlik
PARISHON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАРИШОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
parishon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar