pari
bilan ulashing
1. mif. Sharq xalqlari folklorlarida keng tarqalgan, juda goʻzal qiz qiyofasidagi, nurdan yaratilgan, kishilarni ins-jinslardan saqlaydigan afsonaviy obraz; goʻzallik ramzi.
-
Qari bilganini pari bilmas. Maqol
-
Bukri domla Maynani jinmi, parimi deb oʻyladi, shekilli, turgan joyidan siljimay, allaqanday duoni pichirladi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
2. koʻchma Juda goʻzal, xushroʻy ayol, nozanin. —
-
Sizni shu pariga uylantirib qoʻyaymi? — dedi Tojiboy va ogʻzini ochib, nosni tilining tagiga tashladi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Anvar., oʻyin-kulgini bir daqiqa qoʻyib turolmagan parining sanʼatkor shu vaziyatiga kulumsiragan koʻyi ancha qarab turdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
pari soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ilhom parisi
Sanʼat parisi
-
Meni sehrlaydi atlas kiyganlar. Sanʼat parisiday qoʻzgʻatib havas. Uygʻun, Tong qoʻshigʻi
Suv parisi
-
Chiroq shuʼlasida uning uzun-uzun sochlari koʻrpada sudralib, goʻyo suv parisini eslatardi. U. Ismoilov, Saylanma
PARI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАРИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pari so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar