patir
bilan ulashing
Koʻpincha yogʻ aralashtirilgan, oshirilmagan xamirdan chekichlab tayyorlanadigan yupqaroq non. Shoʻrvaga patir toʻgʻramoq.
-
[Jondor] Xamiri nuqul qaymoqqa qorilib, ogʻizda erib ketuvchi oppoq patir nonlarni ushatib tashladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
U [Pahlavon] yosh shoirning gʻamini yeb, patir non, qatlama, sharbat olib kelgan edi. M. Osim, Karvon yoʻllarida
patir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Patir ushatish
-
Xadicha kelin Shakarxonning sochini oʻrib turib: — Ha, nima gap, yana patir ushatish boʻlyaptimi? — dedi. Oydin, Oʻzi monand
Xamir(ning) uchidan patir
-
Bu oʻtirish xamir uchidan patir, katta ziyofat keyin boʻladi.
-
Bu xamirning uchidan patir, uz qoʻlim bilan ekkan handalakning toʻngʻich hosili. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
taql. s. Keskin qanot qoqish, tez aylanish va shu kabilar harakat va ulardan chiqadigan tovush.
-
Kaptar patir etib qoʻldan chiqdi.
PATIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАТИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
patir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar