patnis
bilan ulashing
1. Idish-tovoq yoki boshqa biror narsani tashish yoxud non, qand-qurs, meva-cheva kabilarni solib, dasturxonga qoʻyish uchun moʻljallangan, keng, yassi, chetlari sal qayrilgan metall yoki plastmassa buyum.
-
Guldor patnis.
-
Xilma-xil, rang-barang qimmatbaho meva-chevalar bilan lim toʻla boʻlgan patnislar ketma-ket yetkazilib turiladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Gʻulomjon kulib turib, oldidagi boʻsh qovun kosalarini patnisga soldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
2. Mehmonlarning oldiga qoʻyish uchun tuzalgan shunday idish.
-
Uning [Mirzakarimboyning] kampiri patnis va bir choynak choy olib chiqdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Xoldorxon dasturxonga patnis qoʻyar ekan, engashib turib gapirdi. S. Zunnunova, Olov
3. Duxovkada pishiriladigan narsa terib qoʻyiladigan yassi tunuka.
-
Somsalarni patnisga terib, duxovkaga qoʻymoq.
-
Somsalarni qizitilgan tandirning jagʻiga yopib yoki patnisi yogʻlangan duxovkaga qoʻyib pishirasiz. K. Mahmudov, Oʻzbek tansiq taomlari
patnis soʻzi qatnashgan jumlalar:
Samovar patnis
PATNIS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПАТНИС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
PATNIS so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan PATNIS so‘ziga berilgan ma’nolar
patnis so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
patnis so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar