peshona
bilan ulashing
1. anat. Yuzning qoshdan sochgacha boʻlgan qismi, manglay.
-
Keng peshona. Peshona suyagi.
-
Bu gaplardan hasharchilar qotib-qotib kulishardi. Razzoq buqachi peshonasini uqalab, terga pishib, indamay oʻtirardi. S. Ahmad, Jimjitlik
-
Ikromjon ter bosgan peshonalarini, boʻyinlarini qiyigʻi bilan artarkan, Azizxon tarafga bir qarab qoʻydi. S. Ahmad, Ufq
2. koʻchma Diniy tasavvurlarga koʻra: qismat, taqdir.
-
Nahot peshonamga toabad tobelik, qullik maqomi bitilgan boʻlsa. S. Siyoyev, Yorugʻlik
3. so‘zlashuv tili Bisot, budu shud, bor-yoʻgʻi.
-
Peshonaginamizda bittagina-da, oʻrgilay, bittagina. S. Ahmad, Ufq
-
Peshonamda bitta oʻgʻil, yonimda yursin, deb turib oldi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
peshona soʻzi qatnashgan jumlalar:
Peshonani bogʻlab, ishga kirishmoq
Peshonasini silamoq
-
[Boy:] Barakalla oʻgʻlim! Halol mehnat qilsang, hamisha baxting olchi-da! Hamisha peshonangni silayman! Hamza, Boy ila xizmatchi
Peshonaga yozilgani
-
Peshonamga yozgani sen ekansan, menda nima chora! Hamza, Tanlangan asarlar
-
Bilmadim, taqdir uning va mening peshonamga nimalar yozgandir. F. Gʻulom, Yodgor
Peshonada bitganini (yoki yozilganini) koʻrmoq
-
Oʻynashmagin arbob bilan, arbob urar har bob bilan. Peshonada bitganini koʻrasan. Hamza, Boy ila xizmatchi
-
Zeroki, risolalarimiz mavjud, har kim oʻz toleidan, peshonasiga yozilganini koʻradir. U. Ismoilov, Saylanma
Peshonamdan koʻrdim
-
Baxting boʻlsa, tuzalib ketasan, deyishyapti. U yogʻini peshonamdan koʻrdim. Saodat
-
Xola, kun ezmalanmay, chiqib aytavering-da. Boʻladigan boʻlsa, mendan soʻrab nima qilasiz? Nima boʻlsa, peshonamdan koʻraman. Hamza, Tanlangan asarlar
Peshonasi yorugʻ
-
Peshonamiz yorugʻ ekan, oʻgʻlim. P. Tursun, Oʻqituvchi
Peshonasiga sigʻmadi
Peshona teri
-
— Agar oʻzining peshona teri bilan boylik orttirgan shayx topilsa, — dedi istehzo bilan, — mayli, maqbarani oʻsha boshqara qolsin, men roziman! Shu bilan gapim tamom. K. Yashin, Hamza
-
Oʻgʻirlik qilib topgan boʻlsam aytinglar. Ular peshona teri bilan topilgan. Halollik bilan orttirganman ularni men K. Yashin, Hamza
Peshona teri toʻkmoq
-
Musobaqadoshingiz qoʻygan shartlarni bajarish uchun halol mehnat qiling, baravar peshona teri toʻking! U. Ismoilov, Saylanma
Peshonasi devorga tegmoq
Peshonasi koʻhlik
-
Ollo taolo birovning peshonasini koʻhlik, birovnikini qup-quruq qilib yaratadi. U bandalariga rizq-roʻzni har kimning oʻziga yarasha oʻlchab sochadi. K. Yashin, Hamza
Peshonasi ochilmoq
-
Boy ham shu mulkning badaliga, peshonam ochilib, biror ish-pishga tushib ketgunimcha, biror yil chamasi boqmoqchi boʻlibdi. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
Peshonasi shoʻr yoki shoʻr peshona
-
— Eh, peshonam shoʻr ekan, oshna! Bir tashvishdan qutulmasimdan ikkinchisi tappa bosadi, — dedi Azijon Omontoyga, biron najot top, deganday moʻltirab. K. Yashin, Hamza
-
[Jamila:] Yoki Gʻofirdek baxtsiz, onangday peshonasi shoʻr boʻlib tugʻilarmiding? Hamza, Boy ila xizmatchi
Peshonasi qora
-
Yoʻl uzunmi, dard uzun? Darvish ashulasi uzun. Tun qorami, dard qora? Darvish peshonasi qora. X. Davron, Qaqnus
Peshonasini tirishtirmoq
-
Olchinbek dabdurustdan kirib kelib, tilyogʻlamachilik bilan boshlagan gapi Hamzaning ensasini qotirdi.
-
Peshonasi tirishib, qattiq gapirgisi keldi-yu, lekin oʻzini bosdi. K. Yashin, Hamza
-
Mansur bir nafas peshonasini tirishtirib, oʻylanib turdi-da, eshik tutqichiga qoʻl choʻzdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
PESHONA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПЕШОНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
peshona so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar