peshqadam
bilan ulashing
1. sifatdosh Ish, oʻqish, sport kabilarda boshqalardan oldinda boruvchi, oʻrnak koʻrsatuvchi; ilgʻor.
-
Peshqadam terimchi.
-
Peshqadam ishchi kuniga rejadagi 480 ta oʻrniga 650 tacha roʻmolning chetini tikadi. Gazetadan
2. ot Shunday xususiyatga ega boʻlgan kishi, oʻquvchi yoki sportchi.
-
Tirishib mashq qilishim orqasida, hamtavoq oʻrtoqlarim orasida insho yozishda peshqadam boʻlib oldim. N. Safarov, Olovli izlar
-
Guruh peshqadami — Braziliya terma komandasining kutilmagan magʻlubiyati vaziyatni oʻzgartirib yubordi. Gazetadan
-
Kimdir eski usullar bilan ishlaydi, kimdir kompyuter texnikasi afzalligiga ishonadi, kimdir esa oʻz sohasining peshqadami boʻladi. Gazetadan
PESHQADAM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПЕШҚАДАМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
peshqadam so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar