xato
bilan ulashing
1. Hisoblash, yozish, oʻqish, soʻzlash va shu kabilarda adashish, yanglishish, notoʻgʻrilik, qusur.
-
Imloviy xato. Matematik xato.
2. Umuman, turmushda, ishda yoʻl qoʻyilgan kamchilik, nuqson, notoʻgʻri xatti-harakat.
-
Dushman siringni oʻgʻirlaydi, Doʻst xatongni toʻgʻrilaydi. Maqol
-
Ammo muhabbat juda noyob narsa, bu yoʻldagi xatoni hech kechirib boʻlmaydi! Mirmuhsin, Umid
3. Haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan, asossiz, notoʻgʻri.
-
Xato yozmoq. Xato hisoblamoq. Xato soʻzlamoq.
-
Joʻrttaga xato oʻqib, oʻzing kuldirding Oʻqi, Raʼno. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
4. q.x. Yerdan chiqmay yoki unmay qolgan urugʻ haqida.
-
Yaxshi ishlanmagan yerga ekilgan urugʻ xato chiqadi.
5. Moʻljalga, nishonga tegmaslik.
-
Oʻq xato ketdi.
-
Hech qaysisining otgani xato ketmas edi, hech bir dushman omon ketmas edi. Alpomish
xato soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xato qilmoq (yoki ketmoq)
-
Xato qilmoq bordir, tuzatmaslik ordir. Maqol
-
Vaterlooda xato qildi Napoleon, Jahongirning qaytdi shu kun omadi. A. Oripov
-
Siz Mehri toʻgʻrisida xato ketdingiz, chunki u faqat yangi yerda ishlash niyati bilan sekretarlikdan ketdi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
XATO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХАТО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xato so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar