pirpira
bilan ulashing
1. Koʻz ilgʻamas darajada tez-tez harakatlanib, silkinib, yelpinib turmoq, hilpiramoq.
-
Oyning dastlabki shuʼlasi toʻgʻonning tepasida pirpirab turgan bayroqqa tushdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Ularning tepalarida koʻk va qizil rangdagi hisobsiz qogʻoz gullar, oyoqlaridan ilingan qushchalarga oʻxshab, pirpirab turadilar. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. Titrashga oʻxshash harakat qilmoq, uchmoq (mushak, qosh, koʻz kabilar haqida).
-
Barno esa birinchi toʻrtlikdan keyinroq burun kataklari pirpirab, yerga qarab qolgan. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
-
Qizning uzun, qora kipriklari pirpiradi. E. Samandar, Daryosini yoʻqotgan qirgʻoq
-
— Nima deysan? — Alimardon keskin burilib qaradi-yu, xotinining lablari pirpiray boshlaganidan, qoʻpol gapirib yuborganini sezdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
PIRPIRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПИРПИРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pirpira so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar