piston
bilan ulashing
1. Patronning poroxli zaryadini yondirish uchun oz miqdorda portlovchi modda solib, oʻq tubiga oʻrnatiladigan metall kosacha; kapsul.
-
Miltiq oʻqining pistoni. Snaryad pistoni. Chaqilgan piston,
-
Lutfilla boshi yanchilgan ilondek toʻlgʻanib yotar edi, tezlik bilan pistoni chaqilmagan toʻpponchani oldi. Mushtum
2. Oʻyinchoq miltiq yoki toʻpponchada otish uchun belgilangan, oz miqdorda portlovchi moddasi boʻlgan tangachasimon qogʻoz gʻilof.
3. Pichoqchilikda: pichoqning dastasiga qadalgan sadafning atrofiga aylantirib qoʻyilgan halqasim (sadafni mahkam tutib turadi).
4. Kiyim-kechak, parda va shu kabilarga ziynat uchun qadaladigan yiltiroq plastinkacha.
-
Doʻppiga piston qadamoq.
-
U [qiz] tushayotganda, boshidagi qora toʻr pardaga qadalgan oltin pistonlar yiltirab, jilva sochdi. Mirmuhsin, Choʻri
5. Puflab chalinadigan musiqa asbobining ijrochi-sozanda qoʻl bilan bosib ochib-yopib turadigan tugmasi.
6. Botinkaning ip oʻtkaziladigan teshiklariga izma oʻrniga oʻrnatiladigan temir halqacha.
piston soʻzi qatnashgan jumlalar:
Piston tugma
PISTON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПИСТОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
piston so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar