pista
bilan ulashing
1. bot. Janub togʻlarida oʻsadigan past boʻyli, yongʻoqmevali daraxt yoki buta.
-
Tabiatning mehri bilan yasalgan koʻm-koʻk archazorlar va togʻ ariqlaridagi jarlar yoqasida saf tortgan pista zumraddek tovlanib, koʻzni qamashtirar edi. Tuygʻun, Shoir haqida haqiqatlar
2. Shu daraxtning qattiq qobiqli mevasi.
-
Odam odam bilan, Pista bodom bilan. Maqol
-
Lekin pista, bodom, mayiz, jiydani koʻrib, tarvuzim qoʻltigʻimdan tushdi. F. Musajonov, Himmat
-
Ana shirinlik, mana shirinlik, deb murabbo-yu nisholda, pista-yu magʻiz, qand-qurs, yana allanimalarni hech surishtirmasdan, aralash-quralashiga pok-pokiza tushiraveribdi. N. Maqsudiy, Mechkay eshon
3. so‘zlashuv tili Kungaboqarning xom yoki qovurilgan urugʻi.
-
Bir vaqtlar eri urushda oʻlgan xotin shu tosh ustida oʻtirib, pista sotardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
pista soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xandon pista
-
Jigar-u buyrak, dumba yogʻdan tayyorlangan qoʻshaloq parmuda somsalar, xushboʻy murabbolar, Beshkaramning anori-yu, Fayziobodning tilyorar qovunlari, xandon pista, mayizlarning eng tozalari, yaxna goʻsht Yoshlik
Pista dahan
-
[Xolmat:] Obi ravon pista dahan, nozik ado, pari jahon, yaʼni ism shariflari Jamilaxon. Hamza, Boy ila xizmatchi
Pista koʻmir
-
Keyin pista koʻmir soʻrab kirganimda, biram besaranjom ediki oʻtinxonalari. S. Zunnunova, Olov
Pista poʻchoqqa jo qilmoq (yoki joylamoq)
PISTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПИСТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pista so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar