pis
bilan ulashing
1. Oʻzini panaga olmoq; bekinmoq, yashirinmoq.
-
U, joʻralari bilan atrofi yashil chakalak bilan oʻralgan gulzor yaqinida pisib oʻtirgancha, qushni tomosha qilardi. S. Nurov, Narvon
-
Pulemyot uyasi burchaklarida pisib yotganlarning [nemislarning] uchtasi oʻlib, bittasi yarador boʻlgan. N. Safarov, Olovli izlar
-
Bahodir yigit oyogʻi uchida turgan granatalarni olib, chaqqonlik bilan dushmanga qarshi irgʻitdi, oʻzi esa transheyaga pisdi. N. Safarov, Jangovar sahifalar
2. Indamay qolmoq, jim boʻlmoq.
-
Muhsina xonim birdan pisib qoldi. Yaxshiboyev ichida kuldi. M. M. Doʻst, Lolazor
-
Oshno, qishloqqa ketaman, deb gʻingshimogʻi mumkin, lekin unini oʻchirish qiyinmas — Mayrani bir eslatsam bas, pisib qolishi tayin. M. M. Doʻst, Lolazor
PIS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПИС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
pis so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar