pisand
bilan ulashing
faqat boʻlishsiz shaklda Diqqat-eʼtibor, nazar-eʼtibor.
-
Xon hech quloq solmadi, Pisandiga olmadi. H. Olimjon
-
Boshqa bolalar mana meni qancha uylariga chaqirsalar, ziyofat qilsalar ham, seni bu ostonangcha pisandimga kelmaydi. Hamza, Tanlangan asarlar
pisand soʻzi qatnashgan jumlalar:
Pisand emas
-
Unga hozir uy ham, bogʻ ham, mashina ham pisand emas;
-
Unga hech kim pisand emas;
-
Bu ish menga pisand emas.
-
Bizga, ona, mol-jon pisand emas. Menga keliningizni bir koʻrish ming podshohlikdan afzalroq. Hamza, Tanlangan asarlar
-
— Dunyoda odamning qoʻlidan kelmaydigan ish bor ekanmi! Faqat istak boʻlsin, koʻpchilikka hech narsa pisand emas, — dedi Abdurasul. P. Tursun, Oʻqituvchi
Pisand qilmaslik
-
U hech kimni pisand qilmaydi.
-
Shunday kazo-kazolarning qizlari Poshshooyimlar, Xonzodalar qoq sahar turib, xizmatimga hozir boʻlsa-yu, sen benasab, isqirt, atlas koʻrpada meni pisand qilmay, xurrak otib yotsang! Hamza, Boy ila xizmatchi
-
Gʻoziddinning nazarida, uni faqat bir kishi — Qodirjon chetdan kuzatib, muntazam taʼqib qilgandek edi. U aslida Qodirjonni pisand qilmas, odam oʻrnida ham koʻrmasdi. O. Muxtor, Egilgan bosh
-
Bu boʻyicha bizni pisand qilmaydi, bu yerda it oʻltirganmi, eshak oʻltirganmi — parvosiga keltirmaydi. A. Qodiriy, Obid ketmon
PISAND so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПИСАНД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan PISAND so‘ziga berilgan ma’nolar
pisand so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
pisand so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar