plan
bilan ulashing
1. Tekislikdagi joy, narsa, inshoot va shu kabilarni masshtab boʻyicha batafsil tasvirlovchi shartli belgilari boʻlgan chizma.
-
Binoning plani. Shaharning plani.
-
Geologlar shaharchasining markaziy koʻchasi plan asosida qayta qurilmoqda. S. Anorboyev, Oʻzbekiston oltini
-
Qishloqning planini, koʻchalarini, uylarini koʻrdingiz. Mana bu koʻcha hozirgi goʻristonning bir chekkasidan oʻtadi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
2. aynan Reja 2.
-
Beruniy tumani sohibkorlari yillik plan bajarilganligi haqida raport berdilar. Gazetadan
-
[Dilbar:] Peshqadam ishchi kuniga plandagi 480 ta oʻrniga 650 tacha roʻmolning chetini tikadi. Gazetadan
3. eskirgan Biror ishni amalga oshirish tartibi.
-
Sayohat plani.
-
Solih laboratoriyaga kirib, oʻz joyiga oʻtirdi-da, qilinishi kerak boʻlgan tajribalar planini tuza boshladi. O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv
-
Qani, ayt-chi, biror maqsading, planing bormi oʻzi oʻylab yurgan? T. Ashurov, Oq ot
4. eskirgan Biror narsani bayon etishdagi muayyan tartib, izchillik.
-
Dissertatsiya plani. Leksiya plani. Hikoya plani. Dars plani.
-
Oʻrtoq Obidov bu konspekt emas, plan [dedi Nishonov]. S. Zunnunova, Yangi direktor
5. kino Obyektning, masalan, kinokadrda suratga olingan maydonning tasvirdagi oʻrni va uning katta-kichikligi.
-
Oldingi plan. Yirik plan. Tasvirlarni oʻrtacha planda bermoq. Yuzni yirik planda suratga olmoq.
PLAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПЛАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
plan so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar