poda
bilan ulashing
1. Birga haydab borilayotgan yoki birga oʻtlab yurgan, odatda bir turga oid.chorva mollari toʻdasi.
-
Qoʻy podasi.
-
Gʻujbogʻ yoʻllaridan podalar chuvalab kelardi. A. Muxtor, Kumush tola
-
Poda tegirmon yaqinidan oʻtayotganda, Yigitalining dimogʻiga yoqimli bir is urildi. T. Malik, Ajab dunyo
2. koʻchma Biror narsaning toʻpi, uyumi.
-
Yomgʻir tingan, harir roʻmoldek uzuq-yuluq bulutlar podasini shamol toʻzgʻitmoqda. Gazetadan
poda soʻzi qatnashgan jumlalar:
Podadan oldin chang chiqarmoq
-
Boshliq indamadi. Ikki kishini yoniga olib, qolganlarni ogohlantirdi: — Podadan oldin chang chiqarmanglar. Biz hozir anigʻini bilib kelamiz. Shuhrat, Jannat qidirganlar
-
Qoʻziboyning goho podadan oldin chang chiqarish odati borligidan, baʼzilar uni soʻnggi axborot deb ham atasharkan. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
PODA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПОДА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
poda so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan PODA so‘ziga berilgan ma’nolar
poda so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar