tuhmat
bilan ulashing
1. Birovni ayblash yoki qoralash maqsadida oʻylab chiqarilgan asossiz daʼvo; boʻhton.
-
Tuhmat qilmoq. Tuhmat yogʻdirmoq. Tuhmat tosh yoradi, Tosh yormasa, bosh yoradi. Maqol
-
— Nega eringga xat yozmaysan? — Voy bundan boʻlak ham tuhmat bormi? Nega xat yozmas ekanman. A. Qahhor, Xotinlar
-
Uying kuygur-da ikki oy qadar ishladim. Keyin haydadi. Boshimga qancha tuhmatlar ortdi yana. Oybek, Tanlangan asarlar
2. so‘zlashuv tili Ortiqcha tashvish, dardisar.
-
Shoshib turganimda, sen ham tuhmat boʻlding menga.
tuhmat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xizmatga tuhmat
-
[Mehri:] Dadang shu toʻngʻiz qoʻpkurning zavodida qancha yil ter toʻkdi. Boy, xizmatga tuhmat qilib, dadangni uch oy qamattirdi. Z. Said, N. Safarov, Tarix tilga kirdi
Quruq tuhmat
-
— Toʻgʻrisini aytsam, siz bu toʻgʻrida bir narsa bilasiz, lekin soʻzlashga Shokirbekdan choʻchib turasiz! — dedi usta. — Quruq tuhmatni qoʻying-chi! — dedi usta Parfi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
E, xudoyim-yey, qanaqa quruq tuhmatga qoldim-a! S. Ahmad, Hukm
TUHMAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУҲМАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tuhmat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar