tuk
bilan ulashing
1. Badanda oʻsadigan soch yoki yungning har biri; moʻy.
-
Moʻylov tuki,
-
Sochining har bir tolasi, qoshidagi har bir tuk, mijjasidagi har bir kiprik koʻz oʻngimda turibdi. I. Rahim, Chin muhabbat
2. Baʼzi narsalarning ustini qoplab olgan (qoplab oʻsgan) mayda qilsimon oʻsimta.
-
Shaftolining tuki. Chigitning tuki.
-
Otliq shoxni ushladi, uni avaylab oʻziga tortdi, keyin behilardan birining chang bosib yotgan tukini qoʻli bilan artdi, qalpoqli boshini engashtirib, uni hidladi, yana hidladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
tuk soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir tuki oʻzgamas
-
Kam-pir suratni qoʻliga olib tikilib qoldi: — Xuddi oʻzi, Kenjaginamning oʻzi. Bir tuki oʻzgamas. S. Ahmad, Chevara
-
Buvasi-ku Dadasidan bir tuki kam emas, deb Aʼzamning bolalik chogʻini eslaydi. Shuhrat, Jannat qidirganlar
TUK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tuk so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar