tulki
bilan ulashing
1. Boʻrisimonlar oilasiga mansub, tumshugʻi uzun, dumi mayin uzun junli, oʻta sezgir va ayyor yirtqich sutemizuvchi hayvon.
-
Qalin maysalar orasida sargʻish ayyor tulki alanglab borar edi. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
-
Kovakni boyvachcha tulki ovlab yurganida koʻrgan edi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
2. Shu hayvonning moʻynasi va undan tayyorlangan telpak va boshqalar
-
Oysuluv uygʻonib, ungurning ogʻziga chiqib turgan edi Suvonjon unga quyon rangli tulkini uzatdi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Boshiga tulki telpak kiygan bu otliq unga tanish koʻrindi. H. Gʻulom, Mashʼal
3. koʻchma Oʻtaketgan ayyor, makkor odam haqida.
-
Ishonmayman-u, lekin qari tulki eridan koʻp narsani yashirishini bilaman. Oʻ. Umarbekov, Yoz yomgʻiri
-
Haqiqatda esa, bu tulkilar uni laqillatadilar. A. Qahhor, Sarob
tulki soʻzi qatnashgan jumlalar:
Boʻrimi, tulki?
-
Qani, boʻrimisiz, tulki? Hamza, Boy ila xizmatchi
-
Boʻrimi, tulkimi? Oq tuyani koʻrganlaring yoʻqmi? Oysuluv
TULKI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУЛКИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tulki so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar