tulpor
bilan ulashing
1. Nasldor, chopqir, uchqur ot; argʻumoq.
-
Bos oldin, tulporim, chu, azamat, chu. Gʻ. Gʻulom
-
Tulpor otlar yel quvib ilgariladi-da, tepalik yonbagʻridan yurib, oʻr-mon ichiga kirib ketdi. M. Muhamedov, Kichik garnizon
2. Xosa tulpor Boqilgan, chiniqqan, uzoq safarlarda, poygada pishigan nasldor ot.
-
Maydon boʻlsa, bedov otlar chopilar, Koʻp chopilsa, xosa tulpor sovilar, Xizmat qilsang, yoring koʻngli topilar. Shirin bilan Shakar
3. folk. Qanotlari boʻlgan afsonaviy uchar ot.
-
Hotamning bulutga uchadigan tulpori boʻlarkan. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
TULPOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУЛПОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tulpor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar