tuman
bilan ulashing
1. Atmosferaning quyi qatlamlarida yuzaga keladigan mayda suv yoki muz zarralari.
-
Quyuq tuman. Tonggi tuman.
-
Havo tuman boʻlganidan oʻrmon koʻzga koʻrinmas edi. M. Muhamedov, Qahramon izidan
-
Sal oʻtmay soylikni oqish harir tuman qopladi. O. Yoqubov, Izlayman
-
Roʻparada past-baland choʻqqilarini osmonga turtib, koʻkish tuman pardasiga burkangan Chotqol togʻlari. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. koʻchma Tumanga oʻxshash, xira, nimqorongʻi holat.
-
Bahorning fikri bulut bosgan osmonday qorongʻilashdi-yu, koʻz oldini tuman chulgʻadi. Sh. Rashidov, Qudratli toʻlqin
1. eskirgan Oʻn ming.
-
Birniki mingga, mingniki tumanga. Maqol
2. Nihoyatda koʻp, sanogʻiga yetib boʻlmaydigan, tumonat.
-
Salomatlik — tuman boylik. Maqol
-
Biz uchun eng avvalo tuman boyliklar yaratishga qodir boʻlgan odamlarning salomatligi kerak. Gazetadan
3. tarixiy Tilla barobarida oʻn ming soʻm.
-
[Sohib Doro:] Xalifamiz oʻtgan kuni devon qurib, vazirlari va beklaridan ikki tuman aqcha topib bermoqni talab etibdurlar. M. Osim, Zulmat ichra nur
4. tarixiy Markaziy Osiyo va Xurosonda: oʻn ming otlikdan iborat askariy qism, diviziya.
-
Men., bir tuman birla gʻanimning oʻng qoʻlidan orqasiga oʻtib oldim. M. Osim, Oʻtror
-
Turgin, ota, qara, naq tuman Dushman kelar sarhadma-sarhad. X. Davron, Bolalikning ovozi
1. tarixiy Sharqda, jumladan, Oʻzbekistonda 20-asr 20-yillarigacha maʼmuriy-hududiy boʻlinish; uyezd;
-
Shu oʻttiz chaqirimlik ariq qazilib bitganda, Namangan va Andijon tumanlaridan ikki ming botmongacha yer sugʻorilar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Mardon asli Sherobod tumaniga qaraimi bir qishloqlik yigit. M. Osim, Elchilar
2. Oʻzbekistonda: viloyat, shahar hududida ularning tarkibiy qismi boʻlgan maʼmuriy-hududiy boʻlinma.
-
Fargʻona viloyatining Oltiariq tumani. Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani.
-
Bu haqda hikoya qilishni tumandagi oilalardan boshladik. Gazetadan
sheva Tuban, quyi.
tuman soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yuzi tuman boʻlmoq
-
Mahrami-man kelib qizing koʻrmaymi? Siyosatman kelib tortib olmaymi? Undan keyin yuzing tuman boʻlmaymi? Alpomish
Yuzini tuman qilmoq
-
Sen eshitgin menday mardning soʻzini, Tuman qipsan bek otangning yuzini. Alpomish
Eronda 1932 yilga qadar muomalada boʻlgan pul birligi.
TUMAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУМАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tuman so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar