tumor
bilan ulashing
1. Xalqona, diniy tasavvurga koʻra, goʻyo egasini koʻz tegishdan, balo, ofat, ins-jins va shu kabilardan saqlaydigan, ichiga duo bitilgan qogʻoz joylangan uchburchak narsa (odatda boʻyinga, qoʻltiqqa, sochga taqiladi yoki kiyimning ichki qismiga tikib qoʻyiladi).
-
Duo tumor. Koʻz tumor,
-
Nima bu, qanday tumor, Doʻppi ichra chatilgan? Gʻ. Gʻulom
-
Shayx duotalab ikki ayolga tumor yozib berayotgan edi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Asqar mulla dam solar, band qilib, tumor bitib berar edi. S. Zunnunova, Olov
2. etn. Xotin-qizlarning kiyim ustidan boʻyinga osiladigan yoki yelkaga osib, qoʻltiqqa tushirib yuriladigan bezagi.
-
Boyvachcharoq qizlar boʻyinlariga zebigardonlar, boʻyin tumorlar, qoʻltiq tumorlar, tilla-qoshlar taqib olgan. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
3. sft. s. t. Uchburchak (tumor) shaklga ega boʻlgan.
-
Tumor yer.
-
Faqat necha ming kilo-metrlar yoʻl bosib kelgan tumor xat unga [Poʻlatjonga] tasalli berdi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
TUMOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУМОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tumor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar