tumtaraqay
bilan ulashing
ravish Tartibsiz, har tomonga toʻzgan holda (asosan, qochish, ketish, toʻzish harakati haqida).
-
Eshik ochilishi hamon bolalar tumtaraqay qochib ketishdi I. Rahim, Zangori kema kapitani
-
Qalʼani ihota qilib turgan navkar-u yasovullar har tomonga tumtaraqay qochib ketishdi. M. Osim, Oʻtror
tumtaraqay soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tumtaraqay boʻlmoq
-
Birpasda darvozaxona boʻshab qoldi. Qalandarlar moʻr-malaxday toʻrt tomonga tumtaraqay boʻldi. S. Siyoyev, Avaz
-
Tong otganda kimdir: Yogʻiy bosdi! deb qichqirdi-da, tura qochdi. Uyqusiragan odamlar vahima ichida tumtaraqay boʻlib ketdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
Tumtaraqay qilmoq
-
Transheyaga kirib qolgan gitlerchilar madad-korlarimiz zarbasidan tumtaraqay qilib yuborilgan edi. N. Safarov, Olovli izlar
-
— Tur oʻrningdan! — deb qoldi Poshsha xola Umidning xayollarini tumtaraqay qilib. D. Nuriy, Osmon ustuni
TUMTARAQAY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУМТАРАҚАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tumtaraqay so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar