tund
bilan ulashing
1. Muomalasi qoʻpol, yoqimsiz, qoʻrs.
-
Tund, kamgap, keksa jarroh har bir soʻzni oʻlchaganday, ohista tushuntira boshladi. Oybek, Navoiy
-
Karimjon, Manzura oʻylagandek, tund emas ekan. U shunday qiziq gaplarni topib gapirardiki, uning soʻzamolligiga Manzura qoyil qoldi. Habibullo, Gʻuncha
-
Eson ustol [stol] yoniga borish bilan Saidiyning tund gapini eshitmagan, Saidiyni koʻrmagan boʻldi. A. Qahhor, Sarob
2. Koʻrinishi, chehrasi sovuq, qiyofasi yoqimsiz.
-
Tund bashara.
-
Eshik ogʻa ikki bukilib taʼzim qilar ekan, yuzi tund koʻrindi. P. Qodirov, Bobur
-
Ikki kunchadan beri tund boʻlib yurgan Yigitalining koʻngli yorishib ketganday boʻldi. D. Nuriy, Osmon ustuni
-
Ertalab havo tund, osmonni past tushgan bulutlar qoplab olgan. Sh. Xolmirzayev, Bodom qishda gulladi
TUND so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУНД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tund so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar