tumshuq
bilan ulashing
1. Qushlarning ogʻzi bilan birikkan, choʻqish va zarb berish uchun xizmat qiladigan oʻtkir uchli shoxsimon aʼzosi.
-
Tovuqning tumshugʻi.
-
Laylakning boʻyi novcha, tumshugʻi bor tarnovcha. Uygʻun.
-
Qushchaning juvoldiz uchiday tumshugʻi salgina ochilishi bilan jilgʻani kuchli ovoz tutdi. S. Anorboyev, Oqsoy
2. Hayvonlar boshining old (ogʻiz, burun tomon) qismi.
-
Choʻchqaning tumshugʻi.
-
Yelib-yoʻrgʻalab ketayotgan toʻriq dafʼatan tumshugʻini baland koʻtarib, qattiq kishnadi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Tarzan boyagiday buyruqni bajarib, qand mukofot olgisi kel-dimi, saxiy egasining oyogʻiga yalpoq tumshugʻini surkadi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
3. so‘zlashuv tili Dagʻl. Aft-bashara; kalla, boshning yuz, bet tomoni.
-
Poshsha xola kuyovning tumshugʻi oldida ombur qilib qisilgan barmoqlarini oʻynata boshladi. D. Nuriy, Osmon ustuni
-
U [Madaminxoʻja] borib, muttaham qozining tumshugʻiga tushirgisi yo iflos basharasiga tupurgisi keldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
4. koʻchma Biror narsa, buyum va shu kabilarning oldinga chiqib turgan qismi, burni.
-
Kemaning tumshugʻi. Miltiqning tumshugʻi.
-
Xoliq koʻzlab turib, ogʻir etigining tumshugʻi bilan bir tepdi. H. Nazir, Choʻl havosi
-
Poʻlat qush tumshugʻini choʻza-choʻza, osmonga koʻtarildi. N. Safarov, Olovli izlar
-
Ularning biri sumkadan oyna qutiga oʻxshash narsani oldi-da, mashinaning tumshugʻiga qoʻydi. Mirmuhsin, Supurgiga sajda
tumshuq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tumshuq tiqmoq (yoki suqmoq)
-
Birinchidan, meni afandixon demang. Ikkinchisidan, tushunmagan ishingizga tumshugʻingizni suqmang! S. Ahmad, Hukm
-
Bu ishga uning tumshuq tiqmasligini iltimos qilishganda Mirmuhsin, Chodrali ayol
-
Rasuljon oʻzining bevosita vazifasi qolib, boshqalarning ishiga tumshugʻini tiqadi. J. Abdullaxonov, Xonadon
Tumshugʻi (yoki qovoq-tumshugʻi) osilmoq (yoki choʻzilmoq)
-
Mengliboyning tumshugʻi osildi. Mushtum
-
Tergovchi Hamdam Yoʻldoshev, qovoq-tumshugʻi osilib, ularni xonasiga boshlab kirdi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
-
Soʻnggi gap yoqmadi shekilli, tumshugʻi choʻzilib ketdi. Oydin, Hikoyalar
Tumshugʻi ostida (yoki tagida)
-
Agar tumshugʻining ostida nimalar boʻlayotganini koʻrmasa, unda u latta! Sharq yulduzi
-
Qaynona shundoq Yigitalining tumshugʻi ostiga kelib, gulduroq ovoz bilan bir kulib qoʻydi D. Nuriy, Osmon ustuni
-
Poyezddan tushgandan keyin tumshugʻimiz tagida ekansan-ku, biz boʻlsak qayoqlarga borib yuribmiz. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Koʻchada turgan militsionerning tumshugʻi tagidan koʻcha harakati qoidasini buzib oʻtib ketgan-ku I. Qalandarov. Shoxidamas, bargida
Tumshugʻidan ilinmoq
-
Nihoyat, qingʻir koʻchaga kirgan yoshlar tumshuqlaridan ilinishdi. Gazetadan
TUMSHUQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУМШУҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tumshuq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar