tumanlik
bilan ulashing
1. Tuman bilan qoplangan holat, qatlam.
-
Tumanlik orasida bir toʻp chugʻurchuq shovqin solib oʻtdi. Oʻ. Hoshimov, Bir tomchi shudring
2. Tuman bosgan, qorongʻi joy.
-
Saidiy shu darvoza va shu zanjirnigina oddiy deb bilib, ichkarini sira koʻz oldiga keltirmas va keltirmoqchi boʻlganda, faqat bir tumanliknigina koʻrar edi. A. Qahhor, Sarob
3. astronomiya Yerdan juda uzoqda joylashgan va Somon yoʻliga oʻxshash koʻrinishga ega boʻlgan yulduzlar sistemasi.
-
Kosmik miqyosda planetar tumanliklarning yashash muddati bir necha oʻn ming yil, xolos. Fan va turmush
-
Yana ming yillardan soʻng yoritqich atrofida sayyoraviy tumanlik hosil qiladi. O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv
TUMANLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТУМАНЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tumanlik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar