potensial
bilan ulashing
1. fizika Elektr yoki magnit maydonining maʼlum nuqtadagi holatini belgilaydigan miqdor, kattalik.
-
Hujayradan chiquvchi kaliy ionlari hujayra membranasining ichki va tashqi sirtlari oʻrtasida doimiy elektr potensialini paydo qiladi. Fan va turmush
2. Biron-bir jihatdan imkoniyatlar, kuch-qudrat darajasi; foydalanilishi mumkin boʻlgan vositalar, imkoniyatlar majmui.
-
Oʻzbekiston Respublikasi oʻz siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini himoya qilish imkonini beradigan yetarli potensialga ega. Gazetadan
-
Buxoroning yer osti va yer usti boyliklari, moddiy potensiali juda buyuk. Gazetadan
3. Foydalanilishi mumkin boʻlgan, ammo roʻyobga chiqmagan.
-
Potensial imkoniyatlar.
-
Vatanimiz janubiy chegaralari yaqinidagi qurolli mojarolarning oʻchoqlari harbiy xavfning potensial manbalaridir. Gazetadan
-
Muhimi — mavjud ilmiy potensialdan foydalanish, shu potensisiti tezroq ishga solish. Gazetadan
POTENSIAL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПОТЕНЦИАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
potensial so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar