posyolka
bilan ulashing
1. Odatda shahar yoki katta qishloqdan uncha uzoq boʻlmagan kichik qishloq.
-
Bularni stansiyadan posyolkaga olib kelgan shofyor yigit taqir yerda tanho tikkaygan vodoprovod joʻmragiga shlang tiqib, yuk mashinasini yuvyapti. H. Gʻulom, Zamin yulduzlari
-
Bu maskanda temiryoʻlchilar uchun yigirmata kottejdan iborat moʻjaz posyolka qad rostladi. Gazetadan
2. Shahar koʻrinishidagi katta qishloq.
-
Dehqon xonadonlari shahar tipida qurilgan obod posyolkalardagi shinam, dangʻillama uylarda farovon hayot nashidasini suryapti. Gazetadan
-
Mamlakatimizda besh yarim mingdan ortiqroq shahar va shahar tipidagi posyolka bor. Gazetadan
POSYOLKA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ПОСЁЛКА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
posyolka so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar