qitiq
bilan ulashing
Teriga, badanga biror narsaning tegishi, qitiqlashi tufayli yuzaga keladigan asabiy sezgi.
-
Qitigʻi tez odam. Qitigʻi yoʻq odam,
-
Begimxonning qitigʻi zoʻrligidan oʻzini tutolmay voy! deb yoniga tashlandi. I. Raxim, Chin muhabbat
-
Buvasining bir tutamgina soqoli yuziga tegib, [bolaning] qitigʻini keltirib kuldirardi. S. Anorboyev, Oqsoy
qitiq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qitiq pariga (yoki patiga) tegmoq
-
U [Ahmadjon] Aʼzamning tegajoqligini qoralardi: Qitiq parimga tegib nima qilarding! F. Nasriddinov, Koʻngil
Qitiq parini (yoki patini) yulmoq
-
Men bularning qitiq patini yulib, rom qilib olmoqchiman. A. Qodiriy, Obid ketmon
Qitigʻiga tegmoq
-
Sovuq javob Sodiq aminning qitigʻiga tegdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Qitigʻini oʻldirmoq
-
Bu qoʻl erish koʻrinmasligi, hurkitmasligi uchun hozirdan uning koʻziga issiq koʻrinish, qitigʻini oʻldirish kerak. A. Qahhor, Sarob
QITIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИТИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qitiq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar