qitiqla
bilan ulashing
1. Teriga, badanga tegib yoki tegizib, kulgi qistatmoq.
-
Bir-birini qitiqlab, hiringlashgan qizlar Nozikning soʻziga quloq solmadilar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
2. fiziol. Qoʻzgʻatmoq, uygʻotmoq, taʼsir qilmoq (asabni, organizmni, ayrim aʼzoni).
-
Nerv uchlarini qitiqlamoq.
-
Ular [oziq moddalar] yetarli boʻlsa, toʻqlik markazi qitiqlanib, ishtaha boʻgʻiladi, kamayib ketganida esa ochlik markazi qitiqlanib, ishtaha ochiladi. Fan va turmush
3. koʻchma Bezovta qilmoq, qoʻzgʻatmoq, kuchaytirmoq.
-
Qovurilayotgan kabob hidi dimogʻni qitiqlaydi. Y. Muqimov, Qutlugʻ qadam
-
Bu gaplar kishilarning mudragan ruhlarini qitiqladi P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Xushboʻy yellar bilan dillar zavqini Qitiqlar orombaxsh, sevikli bahor. X. Rasul.
4. koʻchma Gʻashini yoki achchigʻini keltirmoq, zardasini qaynatmoq.
-
Salimxonning kelishmagan tovushi uni qitiqladi va u ham qoʻshila boshladi. A. Qahhor, Sarob
qitiqla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yurakni (yoki dilni, qalbni) qitiqlamoq
-
Mashinaning darchasidan kirayotgan oʻynoqi shabada dillarni qitiqladi. T. Rasulov, Marhamat
QITIQLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИТИҚЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qitiqla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar