telba
bilan ulashing
1. Aqldan ozgan, devona, jinni.
-
U betlari yumdalangan, oppoq sochlari yulingan bu telba xotinni oʻzining qirq yillik umr yoʻldoshiga oʻxshata olmadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Osiyajon qah-qah urib kulib yubordi, hamma, qiz telba boʻlgan, deb unga qaradi. J. Sharipov, Xorazm
2. Biror narsaga, kimsaga ortiq darajada berilgan; savdoyi, shaydoyi.
-
Faqir ham shu fikrning telba bandasidir. Oybek, Navoiy
3. Telbaga xos, telbalikni aks ettiruv-chi; maʼnosiz.
-
Telba koʻzlari bilan Bektemirga boqdi-da, ukasining qonli miltigʻini changalladi va shamolday uchib, Bektemirdan ham oʻzib ketdi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Siz mening telba soʻzlarimdan achchigʻlanmang. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
4. koʻchma poet. Jilovlanmagan, asov, quturgan.
-
Telba daryo. Telba toʻlqinlar.
-
Joʻsh urib, qirgʻogʻini Hoʻplar edi telba soy. Gʻayratiy
-
Telba shamol quturib hamla qildi. Avaylab oʻstirilayotgan nihollarni ildizi bilan qoʻporib ketdi. A. Nabixoʻjayev, Mandat
-
Xorazmda Amuni koʻpdan Telba daryo deb atashadi. E. Rahim
telba soʻzi qatnashgan jumlalar:
Telba toʻnini teskari kiymoq
-
Baʼzan telba toʻnini teskari kiyib muomalalari dagʻallashib qoladi. Gʻayratiy, Dovdirash
TELBA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕЛБА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
telba so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar