tekshir
bilan ulashing
1. Toʻgʻri-notoʻgʻri, haq-nohaqligini bilish maqsadida koʻzdan, eʼtibordan oʻtkazmoq.
-
Inshoni tekshirmoq.
-
Amirzodam, gapim yolgʻon boʻlsa, bugun kechasi tekshirib koʻring. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Darsimni ham tayyorlab boʻldim. Ana, dadamdan soʻrang: tekshirib koʻrdilar. S. Zunnunova, Yangi direktor
2. Mohiyatini, haqiqiy holni bilish, aniqlash uchun koʻzdan, eʼtibordan oʻtkazmoq.
-
Ishga qabul qilishda sinab koʻrish — ishchi yoki xizmatchining unga topshirilayotgan ishga masʼuliyatini tekshirib koʻrishdir. Gazetadan
-
Endi ovozini tekshirib koʻraman deyayotganda, telefon jiringladi. T. Ashurov, Oq ot
3. Ilmiy asosda oʻrganmoq, tahlil, tadqiq qilmoq.
-
Gulning tuzilishini tekshirmoq. Qonning tarkibini tekshirmoq.
-
Kichik avtobuslardagi laboratoriyalarda esa suv va tuproq tarkibini tekshirish, klinik tadqiqotlar olib borish mumkin. Gazetadan
4. Nazorat uchun koʻzdan kechirmoq, taftish, reviziya qilmoq.
-
Qarorning ijrosini tekshirmoq. Kassani tekshirmoq. Ferma xoʻjaligini tekshirmoq.
-
— Toʻxta, qayerga borasan? Sen komissiya aʼzosisan-ku. Tekshirishni bitkazganimizdan keyin, aktga qoʻl qoʻyib, soʻngra oʻz ishingga borasan. S. Ayniy, Qullar
TEKSHIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕКШИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tekshir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar