qoniq
bilan ulashing
1. aynan Qonmoq.
-
Uyquga qoniqdingizmi, Joʻra aka? Oybek, Tanlangan asarlar
-
Fazliddin achchiq choyni bosib ichib qoniqqach, izvoshni qoʻshdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
U oʻzida yaqinlarini koʻrmoqqa, soʻzlashmoqqa ehtiyoj sezar, soʻzlashib, negadir qoniqmaganini his etar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Qanoat hosil qilmoq, qanoatlanmoq.
-
Toʻla javob berdingiz, qoniqdik, uka. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Shinam kvartirasida oʻz ishlaridan qoniqqanday masrur yotgan Umid oʻqiyotgan kitobini yopdi-da, koʻchaga chiqdi. Mirmuhsin, Umid
QONIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚОНИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qoniq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar