qonli
bilan ulashing
1. Qoni boʻlgan, qoni bor.
-
Issiq qonli hayvonlar.
-
Unsin akasini quchoq-lab, qonli yarasiga yuzini, koʻzini surib yota berdi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Qon yuqli, qon teggan, toʻkilgan.
-
Qonli qilich.
-
Qonli koʻylakni Qoratoy ehtiyot bilan tilib, yarani ochdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Muharram juda shoshib qolgan edi. Uning koʻz oldiga qonli maydon-u erining choʻzilib yotgani keldi. Shuhrat, Shinelli yillar
3. Qon toʻkish, xunrezlik bilan sodir boʻladigan.
-
Qonli urushlar. Qonli jang.
-
Koʻp sirlarning, qonli kunlarning Guvohisan, ulugʻ Dnepr. Gʻayratiy
-
Uni joniga teggan bir yoki bir necha qarzdori oʻldirgan, yo boʻlmasa, biror oʻziday axloqsiz raqibi undan qonli oʻch olgan. S. Ayniy, Esdaliklar
qonli soʻzi qatnashgan jumlalar:
Toʻla qonli, toʻlaqonli
-
zamondoshlarining toʻla qonli obrazlarini roman, povest, sheʼrlarda oʻqishni, sahna va ekranlarda koʻrishni istaydilar. Gazetadan
QONLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚОНЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qonli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar