qonun
bilan ulashing
1. fls. Obyektiv borliqda turli hodisalar oʻrtasida kishi ongidan va ixtiyoridan tash-qari hamisha mavjud boʻlgan muhim, zaruriy, barqaror bogʻlanish, munosabat.
-
Ijtimoiy taraqqiyot qonunlari. Tabiat qonunlari. Dialektika qonunlari. Tafakkur qonunlari. Ziddiyatlarning birligi va kurashi haqidagi qonun. Energiyaning saqlanish qonuni.
-
Ha, barakalla, taʼsir va aks taʼsir qonuni, toʻgʻri, xuddi shuning oʻzi. S. Karomatov, Oltin qum
-
metateza qonuni til taraqqiyotining yaqin davrlar ichida paydo boʻlgan fonetik hodisasi boʻlmay, balki juda qadimgi hodisadir. OʻTA
2. huquq Davlat hokimiyati tomonidan qabul qilingan, hamma uchun majburiy boʻlgan ijtimoiy-huquqiy meʼyor va munosabatlarni belgilovchi rasmiy qoida; ana shunday munosabatlarni mustahkamlash, rivojlantirish va tartibga solish vositasi.
-
Jinoyat qonunlari. Qonunlar toʻplami. Qonun chiqarmoq. Qonun chiqaruvchi organ.
-
— Advokatim qonunni suv qilib ichib yuborgan qonunshunos, — dedi Avazboy. N. Safarov, Olovli izlar
-
Mamlakatning ichkarisida biron qonunni buzsang, jazosini oʻzing yakka tortasan, bu yerda [frontda] qonunni buzsang, jazosiga boshqalarni ham sherik qilasan. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Ushbu qonun qabul qilingandan buyon nohukumat tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik jadal surʼatlar bilan rivojlandi. Gazetadan
3. Bajarilishi shart, majburiy boʻlgan, odat, qoida tusiga kirgan ish-amal, talab, topshiriq va shu kabilar
-
Otasining soʻzi — uning uchun qonun.
-
Ahmad bu yerda mehmon hisoblanardi. Mehmonning raʼyi esa mezbon uchun qonun F. Musajonov, Himmat
-
Uning har bir gapi qonun. Tur desa, Sotboy turadi, oʻtir desa, oʻtiradi. Mushtum
-
Jamoa aʼzolari uchun barcha ish jarayonlarini sidqidildan bajarish qonun boʻlib qolgan. Gazetadan
4. Bir dinda qabul qilingan axloq va rasm-rusum qoidalari tizimi.
-
Shariat qonuni.
Oʻrta va Yaqin Sharq xalqlari orasida keng tarqalgan, changga oʻxshash, qadimiy torli-tirnama cholgʻu asbobi.
-
Xoʻja Abdullo ajoyib qonun chalardi, sheʼr aytardi. Oybek, Navoiy
QONUN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚОНУН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qonun so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar