rasvo
bilan ulashing
1. Nojoʻya xatti-harakati, yurish-turishi bilan el nazaridan qolgan; yaramas, razil.
-
Rasvo odam.
-
Tavba, — dedi u oʻziga-oʻzi, — yarim soat ichida ikki rasvo odam bilan uchrashsam-a. Hayotida hech mahal bunchalik yaramas tasodifga yoʻliqmagan edi. Mirmuhsin, Umid
2. Juda ham yomon, tanqiddan tuban.
-
Rasvo gap.
3. Juda ham yomon, yaramas; nokas.
-
Uning xunukligi ustiga ikki dunyosi ham rasvo — hasadchi edi. Mirmuhsin.
-
Bojasi rasvo ekanini bilardim. Shukrullo, Saylanma
-
Jaydari gʻoʻzaday mijgʻov, rasvo ekinni dehqon bolasi bilmasa kerak. Gʻ. Gʻulom, Aliqulning qarzi
4. Izdan chiqib ketgan, yomon ahvolga tushib qolgan; yomon, pachava.
-
[Oʻrmon Dadavoyga:] Qayerdaki intizom mahkam, u yerda ish yirik. Qayerdaki intizom buzildi, u yerda ish rasvo. Uygʻun, Navbahor
-
Ishni rasvo qildi-ku Padar laʼnat Toshbaqa. Yoshlik
5. Buzuq, badaxloq.
rasvo soʻzi qatnashgan jumlalar:
Rasvo boʻlmoq yoki rasvosi chiqmoq
-
Ana shunday qilib esdan ham ajrarsiz el ichida kulgiga ham qolursiz, rasvo ham boʻlursiz! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Poy sachrab, kiyimi rasvo boʻldi. Yap-yangi jinsi shim ham rasvo boʻldi. Sharq yulduzi
-
— Basharti xat dushman qoʻliga tushguday boʻlsami, ishimiz rasvo boʻladi, — dedi unga komandir vazifani tushuntirar ekan. A. Rahmat, Varrakchi chol
Rasvo qilmoq yoki rasvosini chiqarmoq
-
— Lozimidan boʻlak hamma yogʻini yechirib, rasvo qilib chiqarishibdi, — dedi Hoji xola. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
— Haromi meni toza rasvo qilganga oʻxshaydi, — dedi oʻzicha [Hoji]. A. Qahhor, Yillar
-
— Rasvomizni chiqarishibdi, — dedi Saidvaqqos entikib [Obidxoʻjaga]. Soʻng choʻntagidan gazeta chiqardi. — Felyeton qilishibdi. X. Toʻxtaboyev, Felyetondan soʻng
-
Ona! — Xolisa oʻgirilib qaradi, katta xona polida mushukchasiga sut boʻktirilgan nonni yedirolmay oʻtirgan oʻgʻilchasiga koʻzi tushdi: — Hoy, polni rasvo qilibsan-ku! S. Nurov, Narvon
-
— Voy-boʻ, hovlini rasvo qilibsizlar-ku, — deydi Fotima opa togʻora izlarini koʻrib. R. Fayziy, Sen yetim emassan
-
Shukur Karimovich gʻoʻdayib turgan Salimxon Obidiyga xoʻmraydi: — Domla, rasvo qildingiz! — deb poʻngʻilladi. Mirmuhsin, Umid
-
— Oʻsha felyeton hamma ishni rasvo qilib tashladi. Matbuotda eʼlon qilindimi — tamom. Gʻisht qolipdan koʻchdi. N. Aminov, Qahqaha
-
Qizlarni ham rasvo qilyapsiz. S. Zunnunova, Olov
-
— Bolalar meni yaxshi koʻrsin, deb ularni rasvo qilyapsiz, oʻrtoq Sultonova [dedi Baratov]. S. Zunnunova, Yangi direktor
-
Chakki qiladi Shoqosim aka. Nasha bir kuni uni rasvo qiladi. Oybek, Tanlangan asarlar
Rasvoyi olam (yoki jahon) boʻlmoq
-
Zamondin zamon oʻtib, ularning dilida yaxshilik, muruvvat, hamiyat, insof-u adolat chirogʻi yonarmikin yoxud to qiyomat qadar shunday badbaxtlik botqogʻida rasvoyi olam boʻlib qolarmikinlar? S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Bularni oʻylaganda, Tojiboyning ichini qorongʻi bosib, koʻz oldi tinib ketdi. Yoʻq, kimsan — Tojiboy oqsoqol bunday rasvoyi jahon boʻlish uchun tugʻilgan emas. P. Tursun, Oʻqituvchi
RASVO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РАСВО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
rasvo so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar